Loft uslubining mohiyati – o’ta zamonaviy materiallarning industrial – sanoatlashgan sifatlari (dagal suvoq yoki g’isht yotqizish, truba – quvurlar) bilan birgalikda uyg’unlashib kelishidir. Zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan jigar rang, kul rang yoki qora rangli dag’alroq idishlar, alyuminiy, keramika va shishadan tayyorlangan buyumlar shunga o’xshash interyerga mujassamlashadi.
Bir interyerda yangi va ko’hna uslubning garmonik jihatdan uyg’unlashuvi.