CLАSSIC

Klassik uslub, neoklassika: mashhurlik cho’qqisida. Uni mebel shaklaridagi ixchamlik va nafislik, konstruksiyalardagi mustahkamlik boshqalaridan ajratib turadi. Interyerni bezatishda yog’och, tosh, tabiiy matolar, yoqimli rangdagi metallardan foydalaniladi.

MODERN

Zamonaviy uslub, minimalizm, eko-uslub, xay-tek uslubi: ushbu uslublar funksionallik foydasiga ortiqcha detallarni rad etishni birlashtiradi, sokin rangli gammadagi bir xil rangdagi fasadlar, yuqori texnologiyada qurilgan texnika va tabiiy materiallarga bo’lgan e’tibor uyg’unlashib keladi.

LOFT

Loft uslubining mohiyati – o’ta zamonaviy materiallarning industrial – sanoatlashgan sifatlari (dagal suvoq yoki g’isht yotqizish, truba – quvurlar) bilan birgalikda uyg’unlashib kelishidir. Zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan jigar rang, kul rang yoki qora rangli dag’alroq idishlar, alyuminiy, keramika va shishadan tayyorlangan buyumlar shunga o’xshash interyerga mujassamlashadi.

Bir interyerda yangi va ko’hna uslubning garmonik jihatdan uyg’unlashuvi.