208 seriya

Riley&Tailor turkumidagi  idishlar dizaynining asosiy g’oyasi  – bu u yoki boshqa usulda bajarilgan shu turkumdagi to’plamlarning yaratilishi bo’lib, oshxona interyeri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Dyflon brendidan kuyishga qarshi Megastone qoplamali Classic turkumidagi idishlar to’plami har doim mashhurlik cho’qqisida bo’lib, klassika, neoklassik uslubdagi oshxonalarga hamohang  tarzda uyg’unlashadi.

Bu turkumdagi idishlar kuyishga qarshi chidamli qora rangli Megastone marmar qoplamasidan tayyorlangan bo’lib, bular an’anaviy kuyishga qarshi  chidamlilik ko’rsatkichlarini bir necha marta oshiradigan ko’p qatlamli “dag’al, g’adir-budur” qoplamali idishlarning yangi avlod turkumi hisoblanadi. Qora rangli tashqi qoplamasini parvarish qilish oson,  tirnalish va  olovga chidamli.

Buyumning bakelitdan tayyorlangan tutqichlari qizib ketmaydi va  soft-touch - sensorli qoplamasi ushlab ko’rganda yumshoq tuyiladi.

Ushbu turkumga kiruvchi buyumlar induksion diskka ega bo’lib, barcha turdagi plitalarda foydalanish imkonini beradi.

Ushbu to’plamda quyidagi buyumlar taqdim etilgan:

  • an’anaviy shakldagi tovalar
  • borti – yon devorlari 7 sm balandlikda bo’lgan chuqur shaklli tovalar
  • blin- quymoqlar uchun tova
  • an’anaviy tovalar bilan taqqoslaganda kattaroq pishirish maydoniga ega bo’lgan yon devorlari to’g’ri sote tovalari
  • issiqqa chidamli shisha qopqoqli bug’ chiqishi uchun teshikdan iborat an’anaviy shakldagi cho’mich va kastryulka

Showing all 15 results